» » Jizzaxda karantin sabab ishlamayotgan oshxonaga kelgan xo‘randalar janjal ko‘tarib, ikki kishini pichoqlab qo‘ydi

Jizzaxda karantin sabab ishlamayotgan oshxonaga kelgan xo‘randalar janjal ko‘tarib, ikki kishini pichoqlab qo‘ydi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida karantin sabab yopilgan oshxonaga kelgan xo‘randalar janjal chiqarib, ikki kishini pichoqlab qo‘ydi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Jizzax shahar “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N. va N.J. Sharof Rashidov tumani “Xayrabod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga kelib, ovqat buyurtma qilgan. Oshpaz mijozlarga oshxona karantin munosabati bilan ishlamayotganligini tushuntirganida, ular buni tushunishni xohlamay janjal chiqargan.

Oshxona ro‘parasida istiqomat qiluvchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro F.U va ukasi tuman XTBga qarashli 52-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchisi O.U. janjalni eshitib chiqadi. Dahanaki janjal oqibatida fuqaro M.N. o‘zi bilan doimiy ravishda olib yurgan pichog‘i bilan O.U. va akasi F.U.ga tan jarohat yetkazgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida 21-martdan boshlab barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan, tungi klublar, choyxona va oshxonalar faoliyati koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 46 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют