» » Damashq: G‘arb IShIDning kimyoviy qurollar omboriga zarba berdi, yuzlab odamlar halok bo‘ldi

Damashq: G‘arb IShIDning kimyoviy qurollar omboriga zarba berdi, yuzlab odamlar halok bo‘ldi


Suriya Bosh shtabi xalqaro koalitsiya kuchlari IShIDning Dayr-az-Zordagi kimyoviy qurol saqlanadigan omboriga zarba bergani haqida ma’lum qildi. Rasmiy Damashq bayonotiga ko‘ra, hodisa oqibatida yuzlab odam, xususan, tinch aholi vakillari halok bo‘lgan, deya xabar bermoqda Meduza.

Ayni vaqtda, “TASS” Suriyaning SANA agentligiga asoslanib xabar berishicha, zarba Dayr-az-Zor chekkasidagi Jalta shaharchasiga berilgan. Zarba 12-aprel, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:30 da berilgan.

11-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada kimyoviy qurol vositasida provokatsiya tayyorlanayotgani va bu bilan Suriya rahbariyatini ayblamoqchi bo‘lishayotganini ma’lum qilgan edi.

AQSh va boshqa G‘arb mamlakatlari 4-aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida yuz bergan kimyoviy hujumda rasmiy Damashqni ayblab chiqqan edi. Hodisa oqibatida 80 dan ziyod inson halok bo‘lgan. Damashq va Moskva mazkur ayblovlarni rad etib, hukumat kuchlarining snaryadi terrorchilarning kimyoviy qurollar omboriga borib tushganini ta’kidladi.

Idlibda yuz bergan hodisadan so‘ng AQSh Suriya aviabazasiga raketa zarbalari berdi. Shu munosabat bilan Rossiya va AQSh Suriya havo kengliklarida baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют