» » Nur-Sultonda karantin vaqtida cheklovlar kuchaytirildi. Shaharga kirib-chiqish to‘liq yopilib, blokpostlar o‘rnatildi

Nur-Sultonda karantin vaqtida cheklovlar kuchaytirildi. Shaharga kirib-chiqish to‘liq yopilib, blokpostlar o‘rnatildi


Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahri hokimi Altay Kulginov koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar kuchaytirilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

“Hurmatli shahar aholisi! Bugun — 22-mart soat 00:00 dan shaharga barcha kirish va chiqish yo‘llari yopildi. Blokpostlar o‘rnatildi. Faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, shahar aholisi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning olib kirilishiga ruxsat etiladi. Xalqaro aeroportga uchib kelgan barcha yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, shundan keyingina ular shaharga kirishi va uyda karantinga rioya qilishlari zarur. Sanitariya talablari kuchaytirildi. Butun shahar bo‘ylab dezinfeksiya ishlarini olib boramiz. Bularning barchasi siz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun amalga oshirilmoqda. Biz birgamiz”, — deydi Kulginov.

Nur-Sultonga uchib kelgan yo‘lovchilar hokim tomonidan qabul qilingan ushbu choralarning naqadar ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Yangi qoidalar joriy etilganidan buyon poytaxt tibbiyot xodimlari tomonidan 10 ta reysda 900 dan ortiq yo‘lovchi tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston klubi koronavirus sabab futbolchilariga maosh to‘lashdan bosh tortdi

Avvalroq Olmaota to‘liq yopilgani, shaharga kirish va chiqish taqiqlangani haqida xabar berilgandi. Qozog‘istonda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют