» » Krishtianu Ronaldu koronavirusga qon tahlili topshirdi

Krishtianu Ronaldu koronavirusga qon tahlili topshirdi


“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusga tahlil topshirdi.

A Bola nashrining xabar qilishicha, tahlil portugaliyalik futbolchida koronavirus yo‘qligini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ayni damda Madeyra orolidagi (Portugaliya) uyida karantinda bo‘lib turibdi.

Avvalroq “Yuventus”ning uch nafar futbolchisi — Daniele Rugani, Blez Matyuidi va Paulo Dibalada koronavirus aniqlangandi.

Ronaldu 2018-yilning yozida “Real”dan 117 million yevro evaziga turinliklar safiga o‘tgandi. Joriy mavsum 35 yoshli futbolchi Italiya chempionatida 22 o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol va uchta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют