» » Iskandariya cherkovi yaqinida portlash uyushtirgan xudkush shaxsi aniqlandi

Iskandariya cherkovi yaqinida portlash uyushtirgan xudkush shaxsi aniqlandi


Misr hukumati Iskandariya cherkovi yaqinida bomba portlatgan xudkush terrorchining shaxsini aniqladi. Bu haqda 12-aprel, chorshanba kuni mamlakat ichki ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi.

U Suvaysh viloyati fuqarosi 31 yoshli Mahmud Hassan Muborak Abdulla ekanligi xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9-aprel kuni Misr cherkovlarida bir necha soat farq bilan portlashlar sodir bo‘ldi. Tongda Tanta ibodatxonasida xudkush bombani harakatga keltirdi. Portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 80 ga yaqin odam yaralandi.

Keyinroq Iskandariyadagi cherkovda yana bir xudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.

Hujumlar uchun javobgarlikni IShID guruhi zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют