» » Farg‘onalik tadbirkor tomonidan 30 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena vositalari bepul tarqatildi

Farg‘onalik tadbirkor tomonidan 30 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena vositalari bepul tarqatildi


Farg‘onalik tadbirkor aholiga 30 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena vositalarini bepul tarqatdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur xayrli ish “Ishonch” kredit-savdo markazi, Yoshlar ittifoqi va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi faollari hamkorligida amalga oshirilgan.

Xayriya tadbiri davomida 210 ta ehtiyojmand oilaga ko‘mak berilgan.

“O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sabab karantin e’lon qilingach, hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxida sun’iy o‘sish kuzatildi. Tibbiyot niqoblari va antiseptik vositalar taqchilligi yuzaga keldi. Shunday kunlarda yurtdoshlarimizga oz bo‘lsa-da ko‘mak berish maqsadida xayriya aksiyasini boshladik. Aksiya davomida vodiyning 21 ta shahar va tumanlarida yashovchi 210 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlari: go‘sht, yog‘, un, guruch, shakar hamda tibbiy niqoblar bepul tarqatildi. Aksiyaning ikkinchi bosqichida yana shuncha oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena vositalarini yetkazib beramiz”, — deydi “Ishonch” kredit-savdo markazi ijrochi direktori Azizbek Hasanboyev.

Ta’kidlanishicha, “Ishonch” kredit-savdo markazining Farg‘ona vodiysidagi 14 ta filialida tibbiy niqob, salfetka va antiseptik vositalarni bepul tarqatish davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют