» » O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi

O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi


O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi noma’lum muddatga kechiktirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror koronavirus tarqalishi xavfini kamaytirish uchun qabul qilingan.

“O‘zbekiston Qurolli kuchlari muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarsiz ham mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi hamda barqarorlikni ta’minlash qudratiga ega. Navbatdagi chaqiruvning kechiktirilishi milliy armiyamiz salohiyatiga putur yetkazmaydi”, — deya munosabat bildirdi Mudofaa vazirligidagi mutasaddi shaxs.

Ma’lum qilinishicha, chaqiruvning kechikishi armiya safidagi muddatli hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga ham tatbiq etiladi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun shartnoma imzolab, to‘lovni bajargan shaxslar reja asosida o‘rnatilgan tartibda xizmatni keyinroq o‘tashi aytilmoqda.

“Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — virus tarqalishiga qarshi kurashish. Chaqiruv uchun nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, ularning yaqinlari marosimlar uchun yig‘ilishi mumkin. Shularni inobatga olib, chaqiruvni kechiktirish maqsadga muvofiq, deb topildi”, — deydi suhbatdosh.

Mavzuga doir: Harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatish asoslariga o‘zgartirish kiritiladi

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining oxirida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi. O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yigitlar bir yillik muddatli harbiy xizmatga borishi qat’iyan belgilangan. Bundan tashqari, oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют