» » Rianna koronavirusga qarshi kurashga 5 million dollar ajratdi

Rianna koronavirusga qarshi kurashga 5 million dollar ajratdi


Koronavirusning tarqalishi va oqibatlariga qarshi kurashishga yulduzlar, xususan, qo‘shiqchi Rianna ham faol hissa qo‘shmoqda. Elle nashrining yozishicha, xonanda o‘zining Clara Lionel Foundation jamg‘armasi orqali 5 million dollar xayriya qilgan.

Mablag‘ning katta qismi tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga, zarur jihozlarni sotib olishga, reanimatsiya bo‘limlariga xizmat ko‘rsatishga va butun dunyo bo‘ylab vaksina hamda virusga qarshi kurashuvchi boshqa usullarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

Fenty Beauty’ning asoschisi sifatida ma’lum bo‘lgan Rianna Clara Lionel jamg‘armasini 2012-yilda buva va buvisiga bag‘ishlab tashkil qilgan. Ushbu tashkilot tomonidan har yili “Brilliant bal” o‘tkaziladi va unda yig‘ilgan mablag‘lar butun dunyodagi bolalarning global ta’lim olish dasturi va ularning sog‘lig‘ini saqlashga sarflanadi.

Mavzuga doir: R’n’B qirolichasi 33 yoshni qarshiladi. 2019-yilning eng badavlat qo‘shiqchisi Rianna haqida fotomaqola



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют