» » Toshkentda favqulodda holat joriy etib, karantinni nazorat qilishga armiyani qisman safarbar etish taklif etildi

Toshkentda favqulodda holat joriy etib, karantinni nazorat qilishga armiyani qisman safarbar etish taklif etildi


Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov Toshkent shahri va viloyatida favqulodda holat tartibini joriy etish, karantin shartlariga rioya etilishini lozim darajada nazorat qilish uchun armiyani qisman safarbar etishni taklif qildi.

Shuningdek, u mamlakatda kasallanganlar soni ortishining oldini olish borasida yana bir qator tavsiyalarni taklif etdi:

Avvalroq O‘zbekiston Mudofaa vazirligi koronavirus pandemiyasi sabab karantin hududlarida xavfsizlik va nazorat ta’minlashini ma’lum qilgandi.

23-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan soni 46 nafarni tashkil etmoqda. Hukumat 65 yoshdan oshganlarga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan, jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan, 25-martdan boshlab niqobsiz yurganlar jarimaga tortilishi, tibbiy niqob tanqisligini keltirib chiqarganlarga qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar, turli taomlarni yetkazib berish xizmatlari faoliyati to‘xtatilmasligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют