» » Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang Dubayda bo‘lib o‘tishi mumkin

Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang Dubayda bo‘lib o‘tishi mumkin


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lining Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadigan jangi qayerda bo‘lishi haqida gapirdi.

Avvalroq Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan jang ko‘chirilgandi. Nyu-York atletika qo‘mitasi koronavirus sabab shtatda yirik sport musobaqalar o‘tkazishni taqiqlagandi. Biroq UFC ushbu qarama-qarshilik o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi.

“Koronavirus pandemiyasiga qaramay UFC 18-aprel kungi jangni bekor qilmaganidan xursandmiz. Biz ushbu sanaga aniq yo‘nalish bilan tayyorgarlik ko‘ryapmiz, jang muddatining o‘zgarishi esa hech qaysi tomon rejalariga kirmaydi.

Jang qayerda bo‘lishi u qadar muhim emas. O‘ylashimcha, Dubay — yaxshi variant”, — deydi Abdulmanap Nurmagomedov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют