» » Farg‘onalik tadbirkor kuniga 40 ming dona tibbiy niqob tayyorlab, dorixonalarga 400 so‘mdan yetkazib bermoqda

Farg‘onalik tadbirkor kuniga 40 ming dona tibbiy niqob tayyorlab, dorixonalarga 400 so‘mdan yetkazib bermoqda


Farg‘onalik tadbirkor kuniga 40 ming dona tibbiyot niqobi tayyorlab, dorixonalarga 400 so‘mdan yetkazib bermoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, bir dona tibbiyot niqobini tayyorlash uchun 400 so‘m xarajat qilinmoqda va dorixonalarda 500 so‘mdan sotilmoqda.

Mavzuga doir: Farg‘onalik tadbirkor tomonidan 30 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena vositalari bepul tarqatildi

2018-yilda kiyim-kechak tikishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor 2020-yil yanvar oyidan boshlab tibbiyot niqoblari ham ishlab chiqarmoqda.

Tibbiyot niqoblariga talab kuchaysa, tadbirkor kunlik ishlab chiqarish hajmini 70 ming donaga yetkazishni rejalashtirgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tibbiyot niqoblari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi

“Koronavirus bilan bog‘liq gap-so‘zlar, asossiz mish-mishlar aholi o‘rtasida tarqab ketgan kunlarda dorixonalardan tibbiy niqob topib bo‘lmay qoldi. 500 so‘mlik niqob 3-4 mingga ko‘tarilib ketdi. Shunda, seximiz ishchilari bilan kelishib, yoppasiga niqob tikishni boshladik va oz bo‘lsa-da, uning narxini tushirishga hissa qo‘shdik”, — deydi tadbirkor Umidjon Xonkeldiyev.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tibbiy niqob tanqisligini keltirib chiqarganlarga qat’iy choralar ko‘riladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют