» » O‘zbekistonda bemorlarni davolayotgan hamshiraning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi

O‘zbekistonda bemorlarni davolayotgan hamshiraning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi


Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etgani xabar berilgan edi. Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ilk bor hamshiraning virus yuqtirib olgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, 23-mart holatiga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan.

Koronavirus aniqlangan ilk bemor Fransiyadan kelgan. Unda 15-mart kuni infeksiya aniqlangan. Ikkinchi bemor 16-mart kuni aniqlangan bo‘lib, birinchi bemordan yuqtirib olgan.

Uchinchi bemor 14-mart kuni Londondan uchib kelgan. 17-mart kuni unda infeksiya aniqlangan.

18-mart kuni COVID-19 infeksiyasi to‘rtinchi fuqaroda tasdiqlangan. Beshinchi bemor 20-mart kuni aniqlangan.

Koronavirus aniqlangan oltinchi bemor 18-mart kuni Rossiyadan kelgach, “Sokol” bolalar oromgohida karantinda turgan. Unda 20-mart kuni infeksiya aniqlangan.

Yettinchi bemor 18-mart kuni Moskva orqali Shvetsiyadan kelgan. “Sokol” oromgohida karantinda bo‘lgan, 21-mart kuni kasallik aniqlangan.

Sakkizinchi bemor 14-mart kuni Dubaydan kelgan. 22-mart kuni virus aniqlangan.

To‘qqizinchi bemor hamshira bo‘lib, ayni paytda davolash ishlari olib borilmoqda.

Xabarda hamshiraning virusni qayerda yuqtirib olgani haqida ma’lumot berilmagan. U koronavirus aniqlangan bemorlarni davolovchi bo‘lganmi yoki karantinda saqlanayotgan fuqarolarga qarayotgan bo‘lganmi — aniqlik kiritilmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 23-mart holati bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют