» » Habib Nurmagomedov koronavirus sabab AQShdagi mashg‘ulotlarni tashlab Rossiyaga ketdi

Habib Nurmagomedov koronavirus sabab AQShdagi mashg‘ulotlarni tashlab Rossiyaga ketdi


UFC chempioni Habib Nurmagomedovning jamoasi koronavirus sabab AQShdan Rossiyaga qaytdi. Buni rossiyalik yakkakurashchining menejeri Rizvon Magomedov tasdiqladi.

Nurmagomedov mashg‘ulot olib boradigan San-Xosedagi zal koronavirus tufayli mahalliy hukumat tomonidan yopib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 18-aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi jang qiladi. Dastlab jang Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgandi, biroq koronavirus sabab shtat yirik musobaqalar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi. Ayni damda UFC jang uchun yangi joy qidirmoqda.

Avvalroq rossiyalik jangchining otasi Abdulmanap Nurmagomedov jang Dubayda o‘tishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga doir: UFC tasdiqladi: Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang qoldirilmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют