» » Turkiyada koronavirus sabab mushkul vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam beriladi

Turkiyada koronavirus sabab mushkul vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam beriladi


Koronavirus tufayli Turkiyada mushkul vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam beriladi. Bu haqida O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Turkiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu loyiha orqali Turkiyada bo‘lib turgan fuqarolarga moddiy va ma’naviy ko‘mak beriladi, ularga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy tozalash vositalari yetkazib beriladi.

Buning uchun Turkiyadagi yordamga muhtoj fuqarolar ism-sharifi, telefon raqami va yashash manzili ko‘ratilgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligining Telegram boti @UzbTrBot va “tr.ozbekogrenciler@gmail.com” pochta manziliga yuborishi lozim.

Avvalroq Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda qariyb ikki baravar ko‘paygani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют