» » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi


“Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (176-son, 23.03.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hududida 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi.

Unga ko‘ra, koronavirusni respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yo‘l transport vositalari orqali) to‘xtatiladi.

Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar, shuningdek Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda Toshkent shahrida mehnat qilayotgan davlat tashkilotlari xodimlari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchining tegishli ruxsatnomasi asosida) hamda yuk tashish bilan bog‘liq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют