» » Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori: Xitoydan koronavirusga oid minglab testlar va mutaxassislar charter reys bilan olib kelinadi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori: Xitoydan koronavirusga oid minglab testlar va mutaxassislar charter reys bilan olib kelinadi


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, Xitoy hukumati koronavirusga oid 2,5 mingta testni O‘zbekistonga tekinga bermoqchi.

“Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan testlar va xitoylik mutaxassislarni yurtimizga olib kelish uchun 24-mart kuni Urumchi shahridan charter reys tashkil qilish yuzasidan muhokamalar olib bordik. Xitoy hukumati bizga 2,5 mingta testni tekinga bermoqchi. Gap pulda ham emas, testlarni sotib olishga tayyormiz va bunga mablag‘larimiz yetarli. Undan tashqari, 100 mingta test buyurtma qildik va bu testlarni charter reysga yetkazib berishda elchixona ma’muriyatidan amaliy yordam berishlarini so‘radik”, — dedi agentlik rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, xitoylik tajribali mutaxassislar O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatni boshqarishda ko‘mak beradi.

“Xitoydan yurtimizga kelib, amalga oshirilayotgan ishlar, epidemiologik vaziyatni boshqarish hamda davolash bo‘yicha konsultantlar chaqirganmiz. Ular koronavirusga qarshi dorilarning eng samaraliysi qanaqa ekani haqida o‘z tavsiyalarini berib boradi. Doimiy konsultatsiya berib turish uchun uch nafar ekspert jalb qilishlarini so‘raganmiz”, — deydi Bahrom Almatov.

Mavzuga oid: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori: Xitoylik mutaxassislar koronavirusga oid uchta muhim jihatni aytib berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют