» » Toshkent chorrahalaridagi kameralar bir haftada 8,5 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqladi

Toshkent chorrahalaridagi kameralar bir haftada 8,5 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqladi


Toshkent shahri chorrahalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 7—13-aprel kunlari oralig‘ida 8 559 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

Toshkent shahar IIBBdan ma’lum qilishlaricha, mazkur qoidabuzarliklarning 4 217 tasini svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 4 342 tasini esa tezlikni belgilangan me’yordan oshirish holatlari tashkil etadi.

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan hafta davomida 7 969 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar bo‘yicha tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, bundan avvalgi haftada Toshkentning kamerasi bor chorrahalarida 6,3 mingta qoidabuzarlik qayd etilgan edi.

Mavzuga doir: Video: Toshkentning kamerasi bor chorrahalarida qoidabuzarliklar kamaymoqda

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют