» » Balenciaga va YSL brendlari tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni boshlaydi

Balenciaga va YSL brendlari tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni boshlaydi


Fransiyaning Balenciaga va Yves Saint Laurent brendlari ustaxonalarida tibbiy niqoblar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda ushbu brendlarga egalik qiluvchi Kering korporatsiyasi ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, niqoblarni ishlab chiqarish jarayonida xodimlar sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘riladi. Ishlab chiqarish hukumat tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Korporatsiya, shuningdek, Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligiga Xitoydan sotib olingan 3 millionta niqoblarni taqdim etadi. Bundan tashqari, COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘yicha tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Pasteur institutiga xayriya qilgan.

Koronavirus pandemiyasi fonida LVMH konserni Christian Dior, Givenchy va Guerlain brendlariga atir ishlab chiqaruvchi 3 ta fabrikada mart oyining o‘rtalarida qo‘l sanitariya vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. LVMH, shuningdek, Xitoydan sotib olingan 10 millionta niqoblarni Fransiyada tarqatmoqchi.

H&M kompaniyasi 22-mart kuni kasalxonalarga niqob va tibbiyot qo‘lqopi kabi individual himoya vositalarini yetkazib berishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют