» » Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatildi

Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatildi


O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyatini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Faqatgina Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi.

“Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz!” — deyiladi xabarda.

Avvalroq vodiyliklar respublikaning boshqa viloyatlariga Bo‘ka—Guliston yo‘li orqali borishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, Transport vazirligi tomonidan Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilingan, shuningdek, 22-martdan Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti — avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют