» » Avstraliyalik qizaloq koronavirusga qarshi kurashning batafsil rejasini tuzib, otasini hayratga soldi

Avstraliyalik qizaloq koronavirusga qarshi kurashning batafsil rejasini tuzib, otasini hayratga soldi


Avstraliyaning Pert shahrida istiqomat qiluvchi erkak o‘zining sakkiz yoshli qizi tomonidan yozilgan koronavirusga qarshi kurashish rejasini topib oldi, deb xabar beradi The Sun nashri.

Greg Xyus Facebook’dagi sahifasiga qizi Oliviya tomonidan yozilgan koronavirusga qarshi kurashga tayyorgalik jarayonida kerak bo‘ladigan vositalar ro‘yxatini joylashtirdi. Shu orqali u boshqa ota-onalarni o‘z farzandlari bilan koronavirus pandemiyasi haqida gaplashib turish lozimligi borasida ogohlantirgan.

Qizaloq tomonidan A4 varag‘iga yozilgan reja uch bo‘limdan iborat: pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, xobbilari ro‘yxati va o‘z hissiyotlarini ifodaluvchi e’tiroflar. “Bir vaqtning o‘zida ham qo‘rquvni, ham xotirjamlikni his qilyapman. Buning oqibatida hali birorta ham yosh bola o‘lmaganini o‘ylaganimda, ahvolim yaxshilanmoqda”, — deb yozadi Oliviya.

Qizaloqning ro‘yxati quyidagi tartibda davom etadi: izolyatsiya vaqtida o‘ziga biror yumush topish, qo‘llarni yuvishni unutmaslik, imkon qadar yuzga teginmaslik va yaqin-atrofdagilarni bir metr oraliq masofani saqlash. Shuningdek, Oliviya rasm chizish va bo‘lib o‘tgan voqealarni yozib qoldirish kabi xobbilari borligini qayd etgan. Uning fikricha, ushbu mashg‘ulotlar unga izolyatsiya vaqtida yordam berishi kerak.

Mavzuga doir: Koronavirus pandemiyasi vaqtida omon qolishga yordam beradigan filmlar

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu post uchun Xyus hamda uning qiziga minnatdorchilik bildirgan. “Qizingni vahimaga berilmasdan shu qadar tayyorlaganing juda ajoyib ish bo‘libdi”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют