» » Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etiladi

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etiladi


Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qator qonun loyihalari bilan bir qatorda Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12—13-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig‘iga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan mazkur masala ushbu hududda boshqaruv hamda aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratishni nazarda tutadi.

Ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi “A.Ibragimov”, “Muhabbat”, “Navbahor”, “Yoshlik”, “Sharlauq” “Oxunboboyev”, “Obod”, “Sayapir”, “Shexlar”, “Pastom” va “Saidlar” hamda Tuproqqal’a maskani hududidagi “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqal’a” mahallalari tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Pitnak shahri esa Tuproqqal’a tumanining ma’muriy markazi etib belgilanmoqda.

Mavzuga doir:

O‘z navbatida, chegarasi o‘zgartirilayotgan Hazorasp tumanidagi saylov okruglaridan (25-Qizilqum, 26-Sharlauq, 27-Temur, 28-Nurushlar, 29-Sayapir, 30-Shexlar) saylangan xalq deputatlari Hazorasp tumani kengashi deputatlari xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman kengashi deputatlari hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют