» » Erdo‘g‘onning partiyasida Erdo‘g‘onniki kabi mo‘ylov qo‘yish urfga kirdi

Erdo‘g‘onning partiyasida Erdo‘g‘onniki kabi mo‘ylov qo‘yish urfga kirdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onniki kabi mo‘ylov qo‘yish mamlakatda hukmron bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasida urfga kirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Agentlikning yozishicha, mo‘ylov bosh vazirda, madaniyat vazirida, hatto avvallari soqolini olib yurgan iqtisodiyot vaziri va tashqi ishlar vazirida ham paydo bo‘lgan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunday xatti-harakatda tasodif yo‘q, chunki gap yuzdagi tuklar siyosiy ahamiyat kasb etadigan mamlakat haqida bormoqda.

Boz ustiga, 2016-yilda yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng esa vazirlarning Erdo‘g‘onga bo‘lgan sadoqati diqqat bilan o‘rganilmoqda.

Turkiyaning terrorchilikka qarshi kurashi va davlat to‘ntarishiga urinish harakatidan so‘ng mo‘ylov “kuchli va qahri qattiq inson” imidjini ta’minlamoqda.

Ismini oshkor etmagan hukumat vazirlaridan birining agentlikka bergan ma’lumotiga ko‘ra, ba’zi vazirlar Erdo‘g‘onning taklifiga binoan yuzida tuklarni o‘stirishni boshlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют