» » Toyota Corolla narxidagi “Moskvich”: Sovet davri avtomobillari bugungi kunda qanchadan sotilgan bo‘lardi?

Toyota Corolla narxidagi “Moskvich”: Sovet davri avtomobillari bugungi kunda qanchadan sotilgan bo‘lardi?


“Rossiya gazetasi”ning jurnalistlari Sobiq sovet davrining bestsellerlari — “VAZ 2101”, “Zaporojets” va “Moskvich” hozirgi kunda necha puldan sotilgan bo‘lishi mumkinligini hisoblab ko‘rdi, deb xabar beradi Motor.

Sovet davridagi pulni hozirgi kun bilan taqqoslash uchun jurnalistlar 1965-yildan 1975-yilgacha bo‘lgan davrdagi yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarning eng kam miqdorini solishtirdi. O‘sha vaqtda bu 40 rublni tashkil etgan. Hozirda esa ushbu summa 11 185 rublga teng. Bundan kelib chiqadiki, bir sovet rubli 279,6 hozirgi zamon rubliga teng.

Bu orqali sovet avtomobillari hozirda qancha turishini hisoblash mumkin. Masalan, 1975-yilda “Kopeyka” (“Jiguli”) 5620 rubl turgan. Ushbu summa 279,6 rublga ko‘paytirilsa, 2020-yilda bu mashina 1 571 352 rubldan (20 500 dollar) sotilgan bo‘lardi. Hozirda Skoda Octavia yoki Renault Arkana taxminan shu narxda sotilmoqda. Yana bu pulga O‘zbekistonda ikkita Nexia-3 ham olish mumkin.

“Quloqli Zaporojets” esa 1972-yili 3000 rubldan sotilgan. Hozirgi narxga taqqoslaganda uni 830 700 rublga (10 800 dollar) sotib olish mumkin bo‘lardi. Bugungi kunda ushbu pullarga Lada Vesta yoki Chevrolet Cobalt xarid qilish mumkin.

“Moskvich” 1975-yilda 4936 rubl yoki hozirgi vaqt bo‘yicha 1 380 105 rubl (17 900 dollar) turgan. Hozirda ushbu pulga bemalol Hyundai Creta yoki Tayota Corolla sotib olsa bo‘ladi. Bu pulga yana ozroq qo‘shilsa, O‘zbekistonda Chevrolet Tracker olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют