» » Toshkent—Moskva—Toshkent yangi charter qatnovlari qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi

Toshkent—Moskva—Toshkent yangi charter qatnovlari qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi


Uzbekistan Airways 24-mart kuni Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlari amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu qatnovlar Rossiya bilan kelishilgan holda favqulodda tashkil etilgan bo‘lib, HY613 Toshkent—Moskva (Vnukovo aeroporti) reysi mahalliy vaqt bilan soat 13:05 da, HY614 Moskva (Vnukovo aeroporti)—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan 16:45 da ketadi.

Charter qatnovga, avvalo, O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari tomonidan tuzilgan ro‘yxatga muvofiq navbat bo‘yicha turgan yo‘lovchilar chaqiriladi.

Avvalroq Uzbekistan Airways chet ellik fuqarolarni Moskvaga va o‘zbekistonlik fuqarolarni Moskvadan Toshkentga olib kelish uchun 17-mart kuni Toshkent—Moskva—Toshkent charter reysni amalga oshirgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Moskvadan kelgan o‘zbekistonliklar karantinda sharoitlar yo‘qligidan shikoyat qildi

Uzbekistan Airways ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi mamlakatlardan qaytganidan so‘ng, karantinda bo‘lishi sababli xorijiy fuqarolarni O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha charter reyslarni tashkil etish 3 kunga qoldirilgani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 16-martdan boshlab O‘zbekiston koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatdi. Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish bo‘yicha charter reyslar amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo'lmasligini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют