» » Sayyohlar Rimdagi Trevi favvorasiga jami 1,4 mln yevro tanga tashladi

Sayyohlar Rimdagi Trevi favvorasiga jami 1,4 mln yevro tanga tashladi


“Karitas” katolik xayriya tashkilotlari konfederatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida turistlar Rimdagi mashhur Trevi favvorasiga umumiy qiymati 1,4 million yevroga teng tanga tashlagan, deb xabar berdi “Kommersant”.

2013-yilda ushbu mablag‘ 100 ming yevroga kam bo‘lgan. 2014—2015-yillar davomida favvora ta’mirlandi. Qayta tiklash ishlarini Fendi modalar uyi moliyalashtirgan va bu unga 2,2 millon yevroga tushgan.

Trevi favvorasi “ishlab topayotgan” barcha pullar an’anaviy ravishda dunyoning 198 mamlakatidagi 154 milliy katolik tashkilotlarini birlashtiruvchi “Karitas”ga topshiriladi. Tashkilot bu mablag‘larni kambag‘al oilalarni bepul oziq-ovqat bilan ta’minlashga, uyi yo‘q insonlarga oshxonalar va muhojirlar uchun boshpanalar ochishga sarflaydi.

Favvora 1762-yilda me’mor Nikolo Salvi tomonidan qurilgan bo‘lib, Rimga tashrif buyuruvchi butun dunyo sayyohlari orasida juda mashhur. Odamlar “fontanga orqa o‘girib, unga tangani o‘ng qo‘l bilan yelkadan oshirib otsangiz, albatta yana bir bor Rimga kelasiz”, degan irimga ishonadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют