» » XVJ: 2020-yilda jahon iqtisodiyotini 2008-yildagidan ham og‘irroq retsessiya kutmoqda

XVJ: 2020-yilda jahon iqtisodiyotini 2008-yildagidan ham og‘irroq retsessiya kutmoqda


2020-yilda jahon iqtisodiyotini 2008—2009-yillardagi global moliyaviy inqiroz davridagiga qaraganda chuqurroq pasayish kutmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyeva ma’lum qildi.

“2020-yilga mo‘ljallangan global o‘sish prognozi salbiy — retsessiya global moliyaviy inqiroz davrida bo‘lganidek yoki undan ham yomonroq. Ammo 2021-yilda qayta tiklanish ro‘y berishini kutmoqdamiz”, — deyiladi Georgiyevaning bayonotida.

XVJ rahbarining so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotning qayta tiklanish tezligi koronavirusga qarshi kurashish samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi: pandemiya qanchalik tez to‘xtatilsa, iqtisodiy o‘sish shunchalik tez va barqaror bo‘ladi.

Shuningdek, Georgiyevaning ta’kidlashicha, koronavirus oqibatida qiyinchiliklarga, asosan, rivojlanayotgan davlatlar duch kelishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Jamshid Qo‘chqorov parlamentda Inqirozga qarshi choralar dasturi bo‘yicha axborot berdi

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют