» » Tramp koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish rejasi haqida gapirdi

Tramp koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish rejasi haqida gapirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda yangi turdagi koronavirus pandemiyasi sharoitida korxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni hukumat keyingi haftaning boshida qabul qilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib,“RBK” xabar berdi

“Amerika yana tez orada biznes uchun ochiladi. Juda oz fursatda, uch yoki to‘rt oydan ham ertaroq”, — deydi AQSh prezidenti.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh administratsiyasi 30-mart kuni mamlakat endilikda qanday yo‘ldan ketishi to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi. “Gap mamlakatimizning ochilishi haqida ketmoqda, chunki biz ko‘rinmas dushmandan qochish yo‘lida iqtisodiy jihatdan deyarli to‘xtab qoldik”, — deydi Tramp.

Mamlakat rahbarining ta’kidlashicha, u o‘z jamoasi bilan xususiy sektorga “ehtiyotkorlik bilan qayta ish boshlash” ruxsatini beradigan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. “Bizning mamlakatimiz yopiq bo‘lish uchun yaratilmagan”, — deydi AQSh prezidenti.

Mavzuga doir:

AQShning kasalliklardan ogohlantirish va ularni nazorat qilish markazi (CDC) ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 10,4 ming nafar odam infeksiyani yuqtirib olgan va 150 nafar kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют