» » Rasman: Koronavirus sabab Tokio—2020 Olimpiadasi 1 yilga kechiktirildi

Rasman: Koronavirus sabab Tokio—2020 Olimpiadasi 1 yilga kechiktirildi


2020-yil Tokio mezbonligida o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi yozgi Olimpiada o‘yinlari koronavirus sabab kechiktirildi.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Xalqaro olimpiya qo‘mitasi raisi Tomas Bax bilan 2020-yilgi Tokio Olimpiadasini 1 yilga kechiktirish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.

Avvalroq Abening XOQ rahbariga Olimpiadani 1 yilga kechiktirish taklifi bilan chiqishi ma’lum bo‘lgan, bu taklifga esa bir nechta mamlakatning Milliy olimpiya qo‘mitalari ham rozilik bildirgandi.

Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari 24-iyuldan 9-avgustga qadar o‘tishi belgilangdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus sabab dunyo bo‘ylab 330 mingdan ortiq kishi zararlangan, 14,5 ming kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют