» » Namangandagi mehmonxona koronavirusga qarshi kurash uchun yuborilgan mutaxassislarga bepul joy ajratdi

Namangandagi mehmonxona koronavirusga qarshi kurash uchun yuborilgan mutaxassislarga bepul joy ajratdi


Namangan shahridagi Grand Sherdor butik-oteli mutasaddilari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun safarbar qilingan mutaxassislarga bepul joy ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mehmonxona ish boshqaruvchisi Komiljon Bekmatovga ko‘ra, bu maqsadlar uchun 21 ta xona va 37 ta joy ajratib qo‘yilgan.

“Hozirning o‘zida 5 nafar mutaxassisni joy bilan ta’minladik. Shahar shtabi buyurtmasiga muvofiq, yana 32 kishini joylashga tayyormiz. Sinovli kunlarda qo‘limizdan kelgancha ko‘mak berish niyatidamiz,” — deydi Komiljon Bekmatov.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil sentabr oyida foydalanishga toshirilgan Grand Sherdor butik-oteli shu toifadagi O‘zbekistondagi uchinchi, Farg‘ona vodiysida esa ilk mehmonxona hisoblanadi.

Namanganda yuqoridagi kabi xayrli tashabbusga qo‘shilayotganlar soni ortib bormoqda. Jumladan, uychilik tadbirkor Mansurjon Anorboyev o‘z hisobidan 30 ta dezinfeksiya apparati va 20 ta maxsus kiyim-boshni tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga sovg‘a qildi.

Profilaktik tadbirlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur apparatdan 10 tasi tuman xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim bo‘limlariga ajratildi.

Mavzuga doir: Namanganda Butunjahon turizm kunida o‘n beshinchi mehmonxona foydalanishga topshirildi

Eslatib o‘tamiz, 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют