» » Qashqadaryoda karantinga olingan fuqarolar soni 534 nafarga yetdi

Qashqadaryoda karantinga olingan fuqarolar soni 534 nafarga yetdi


Qashqadaryoda karantin obyektlariga aylantirilgan uchta sihatgoh va ikkita kasalxonada 534 fuqaro karantinda saqlanmoqda. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Egamovning ta’kidlashicha, 14 kunlik karantin tadbirlari uchun yana uchta moslashtirilgan baza tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hududdagi oltinchi karantin obyektiga aylantirilishi mumkin. Shunda ham uning nevrologiya va gemodializ bo‘limi boshqa bemorlarga ham xizmat qilishda davom etadi.

“Hozircha viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini moslashtirilgan bazaga aylantirish ko‘zda tutilmayapti. Ammo uyda davolanishi mumkin bo‘lgan bemor bolalarga ruxsat berilmoqda. Shifoxonaning reanimatsiya, chaqaloqlar renimatsiyasi, ko‘krak yoshidagi bolalar, jarrohlik, pulmonologiya singari asosiy bo‘limlari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda”, — dedi Nuriddin Egamov.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan qo‘shimcha qilishlaricha, karantin obyektlariga joylashtirilgan fuqarolar uchun yetarli shart-sharoit yaratilgan; ularni dori-darmon, dezinfeksiyalovchi hamda himoya vositalari bilan zarur miqdorda ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Qashqadaryo viloyatida 202 kishi uy sharoitida karantinga olinganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni Qashqadaryodagi karantin markazidan qochishga uringan 25 yoshli namanganlik fuqaro devordan oshib o‘tib, qochayotgani vaqtida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют