» » Ilon Mask koronavirusni davolash yo‘lida sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatmoqda

Ilon Mask koronavirusni davolash yo‘lida sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatmoqda


Tesla rahbari Ilon Mask Xitoydan koronavirus bilan og‘ir kasallanganlarni davolashda kerak bo‘ladigan 1255 dona sun’iy nafas oldirish apparatlarini sotib oldi. Tibbiyot qurilmalari Kaliforniya rasmiylariga topshirilgan, ular esa o‘z navbatida apparatlarni mahalliy shifoxonalarga tarqatadi, deb xabar berdi Motor.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Maskning ushbu harakatini “qahramonlik” deb atagan. Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Xitoyda ishlab chiqarilgan sun’iy nafas oldirish apparatlari Los-Anjelesga olib kelinganini yozib qoldirgan. Ushbu qurilmalardan o‘tkir pnevmoniya va koronavirus bilan kasallangan insonning ahvoli og‘irlashib qolganida foydalaniladi.

Mavzuga doir:

Avvalroq Tesla rahbari koronavirus u qadar qo‘rqinchi emasligini va pandemiya atrofidagi vahimani “ahmoqlik” deb atagandi. Shuningdek, u amerikaliklarning avtohalokat oqibatida vafot etishi ehtimoli koronavirusdan o‘lishdan yuqoriroq ekanini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют