» » Notariuslar, DXM va FHDYo idoralari 25-martdan onlayn ish rejimiga o‘tadi

Notariuslar, DXM va FHDYo idoralari 25-martdan onlayn ish rejimiga o‘tadi


Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020-yilning 25-martidan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi notariuslar, Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va FHDYo idoralarining ish tartibi o‘zgaradi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 25-martdan boshlab Adliya vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlarni qabul qilish va ular bilan ishlash faqat elektron pochta yoki ishonch telefonlari orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari elektron shaklda “my.gov.uz” portali orqali onlayn tarzda va faqat kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina idoralarda amalga oshiriladi.

FHDYo bo‘limlarida fuqarolar xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina, ya’ni tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish uchun tashkil qilingan darcha orqali qabul qilinadi.

Notariuslarga murojaat qilish faqat kechiktirib bo‘lmaydigan zaruriyat yuzaga kelganda, ya’ni birinchi navbatda vasiyatnoma, ishonchnoma, garov, ipoteka bo‘yicha “e-notarius.uz” sayti orqali tegishli notariusga hujjatlarni oldindan elektron shaklda taqdim etish va elektron navbatga yozilish orqali amalga oshiriladi.

Vazirlikning eslatib o‘tishicha, fuqarolarni barcha binolarga kiritishga faqat belgilangan navbat va vaqtga rioya etilgan holda hamda tibbiy niqob taqilgan, qo‘llar antiseptik vositalar bilan yuvilgan va tana harorati teplovizorlar orqali o‘lchangandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Bino tashqarisi va ichida fuqarolar o‘zaro 2 metr masofa saqlashi lozim bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ushbu vaqtinchalik cheklovlar “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-son qarori va Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning tegishli tavsiyalariga asosan tatbiq qilinmoqda.

Shuningdek, yuqoridagi hukumat qaroriga asosan, idoralardagi aksariyat ayol xodimlar bog‘cha yoshidagi farzandlariga qarash uchun mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha vaqtinchalik ta’tilga chiqarilganligi va xodimlarning bir qismi masofadan turib ishlashga o‘tganligi sababli idoralar faoliyatida ayrim uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Vazirlik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ayrim noqulayliklar uchun avvaldan uzr so‘ragan holda adliya idoralariga faqat jiddiy zarurat bo‘lganda murojaat qilishni so‘raydi.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Yunusobodda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha o‘rnatilgan bazaviy me’yorlar bekor qilinadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 50 nafarga yetdi. Ulardan besh nafari tuzaldi. 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 30 nafari chet elda bo‘lib qaytgan. 18 nafar fuqaro esa ular bilan yaqin muloqotda bo‘lib, virusni yuqtirib olgan.

Mavzuga doir: Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi postlar yopildi. Erkin yo‘l-patrul xizmati maskani — suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют