» » Tibbiyot xodimlari niqoblarni to‘g‘ri yechish usulini ko‘rsatib berdi (video)

Tibbiyot xodimlari niqoblarni to‘g‘ri yechish usulini ko‘rsatib berdi (video)


Koronavirus pandemiyasi vaqtida tibbiyot xodimlari ishlatilgan tibbiy niqob va qo‘lqoplarni to‘g‘ri yechishga bag‘ishlangan musiqali videorolikni tasvirga oldi. Video polshalik diplomat Yasek Emil Sariush-Volskiy tomonidan tarmoqlarga joylangan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Rolik odamlar niqob yoki qo‘lqopni yechishda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yayotganiga bag‘ishlangan. Shuningdek, infeksiyani yuqtirib olmasdan himoya vositasidan to‘g‘ri qutulish usuli ham ko‘rsatib berilgan.

W?a?nie takpic.twitter.com/UIJ9Llm8kP

— Jacek Saryusz-Wolski (@JSaryuszWolski) March 20, 2020

Mavzuga doir: “Niqob bor. Bepul. Duoga”. Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)

Avvalroq Fransiyaning Balenciaga va Yves Saint Laurent brendlari ustaxonalarida tibbiy niqoblar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda esa tibbiy niqob tanqisligini keltirib chiqarganlarga qat’iy choralar ko‘rilib, jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlanmoqda, 25-martdan boshlab niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют