» » Xitoyda Uxanga qo‘yilgan transport cheklovlari qachon olib tashlanishi ma’lum qilindi

Xitoyda Uxanga qo‘yilgan transport cheklovlari qachon olib tashlanishi ma’lum qilindi


Koronavirus ilk bor aniqlangan Uxan shaharida transport qatnovlariga cheklovlar 8-aprel kuni olib tashlanadi, deb xabar bermoqda “RBK”. Bu haqda Xubey provinsiyasi hukumati saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, provinsiyaning qolgan qismlariga kirish va chiqishga qo‘yilgan cheklovlar  25-mart kuni olib tashlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati shaharga kirish-chiqishni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 22-yanvar kuni yopib qo‘ygandi. Uxan avtobus va poyezdlar uchun yopilgan, aviareyslar vaqtincha to‘xtatilgandi.

Uxan Xitoyning yirik shaharlaridan biri bo‘lib, Xubey provinsiyasining poytaxtidir. Shaharda 11 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Koronavirus bilan kasallanishning dastlabki holati dengiz mahsulotlari sotiladigan bozorda aniqlangandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xubeyda 67 801 kishi virus yuqtirib olgan, shundan 50 mingdan ortig‘i Uxanda aniqlangan. Provinsiyada koronavirusdan 3 160 kishi vafot etgan.

Ayni vaqtda Xitoy hududida jami 81 171 kishi koronavirus bilan kasallangan, virus qurbonlari soni esa 3277 kishiga yetgan. Kasallanganlarning 90 foizdan ortig‘i sog‘ayib ketdi.

O‘zbekistonda esa koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 50 nafarga yetgan. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют