» » “My.gov.uz”da haydovchilar uchun kameralar qayd etgan qoidabuzarliklarni aniqlash xizmati ishga tushiriladi

“My.gov.uz”da haydovchilar uchun kameralar qayd etgan qoidabuzarliklarni aniqlash xizmati ishga tushiriladi


Toshkent shahridagi chorrahalarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar haqida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (“My.gov.uz”)da ma’lumot olish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Yaqin kunlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yangi talqinda ishlay boshlaydi. Unda kuzatuv kameralari tomonidan chorrahalarda qayd etilgan qoidabuzarliklar haqida ma’lumot beruvchi bo‘lim ishga tushadi.

“My.gov.uz”da haydovchi o‘z shaxsiy kabinetiga avtomobilining texnik pasporti raqamini va avtomobilning davlat raqamini kiritish orqali qoidabuzrlik mavjud yoki yo‘qligini bilishi mumkin bo‘ladi.

Agar haydovchi qoidani buzsa, qoidabuzarlik sodir etilgan chorrahadagi kamera orqali qayd etilgan jarima to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona portalga kelib tushadi.

Haydovchining shaxsiy kabinetida qoidabzarlik qaysi chorrahada, qachon sodir etilganligi, qoidabuzarlikning turi, jarima miqdori va jarimani to‘lash uchun qancha vaqt qolganligi haqida ma’lumot ko‘rsatiladi.

Haydovchi shaxsiy kabinetda SMS-xabarnoma xizmatini yoqishi mumkin. SMS-xabarnoma xizmat yoqilgandan so‘ng, agar haydovchi kamera o‘rnatilgan chorrahada qoidabuzarlik sodir etsa, bu haqda haydovchining shaxsiy kabinetiga biriktirilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar keladi.

Yagona portalda xizmat ishga tushirilganidan so‘ng qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar birinchi bosqichda qoidabuzarliklarni aks ettiruvchi fotosuratlarsiz beriladi. Keyingi bosqichda esa qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar fotosuratlar bilan birga taqdim etiladi.

Keyinchalik qoidabuzarliklar uchun to‘lovlarni portal orqali amalga oshirish imkoniyati ham yaratiladi. Hozirgi kunda esa chorrahalardagi kameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarni Payme va Mbank to‘lov tizimlari orqali to‘lash imkoniyati bor.

Xizmat aprel oyining oxirigacha ishga tushishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 21:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют