» » Islandiyada bemor koronavirusning bir yo‘la ikkita shtammini yuqtirib oldi

Islandiyada bemor koronavirusning bir yo‘la ikkita shtammini yuqtirib oldi


Islandiyadagi bemorlardan biri yangi koronavirusning bir yo‘la ikkita shtammini yuqtirib olgani aniqlandi. Bu haqda Reykjav?k Grapevine jurnali deCODE genetics biofarmasevtika kompaniyasi rahbari Kari Stefanssonga tayanib xabar bergan.

Ikkinchi shtamm — Uxan shahrida paydo bo‘lgan va tarqalgan koronavirusning dastlabki versiya mutatsiyasi hisoblanadi. Mutaxassisning fikricha, bu ikki tomonlama yuqtirib olishning birinchi holati bo‘lishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, mutatsiyaga uchragan shtamm anchayin tajovuzkor va kasallangan bemor o‘zi bilan muloqot qilgan boshqa odamlarga koronavirusni aynan u orqali yuqtirgan. Islandiya tashqi xalqaro ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, koronavirusni bu kabi ikkiyoqlama yuqtirib olish holati kuzatilmagan.

Frans Press agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 24-mart holatida, Islandiyada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 588 ta holat kuzatilgan. Mahalliy OAV bir nafar keksa yoshdagi ayolning koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan.

Mavzuga doir: 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirusining dunyo bo‘ylab tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qilgan. JSST ma’lumotlari bo‘yicha 24-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda 330 ming nafardan ko‘proq odam koronavirus bilan kasallangan, vafot etganlar soni 14,5 mingdan ko‘p. Rossiyada COVID-19 yuqtirib olganlar soni 495 nafarni tashkil etadi va ular orasida xorij davlatlarining fuqarolari ham borligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют