» » Senegalda diniy marosim vaqtida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Senegalda diniy marosim vaqtida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi


Senegalning janubi-sharqida bo‘lib o‘tgan diniy marosim vaqtida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lib, 87 kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hukumat vakillari va o‘t o‘chiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in 12-aprel kuni kechki payt ziyorat shahri sanalgan Medina Gonasda musulmonlar yig‘ilgan vaqtda boshlangan.

Jarohat olganlarning 20 nafari og‘ir ahvolda ekani ma’lum qilindi. Ayrimlarning tana a’zolari jiddiy kuygan bo‘lsa, boshqalar vahima ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelgan tiqilinchda jarohat olgan.

Yong‘in qisqa muddat ichida ziyoratchilar yasagan chodirlarning poxol tomi bo‘ylab tarqaldi. Yong‘in sababi hozircha ma’lum qilinmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 22:17)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют