» » O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash bo‘yicha test tizimi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash bo‘yicha test tizimi ishlab chiqildi


Innovatsiya vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari koronavirusni aniqlash uchun test tizimini ishlab chiqish ustida ishlar olib bormoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, olimlar innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topshirig‘iga binoan, taxminan bir oy oldin virusning butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgani, virusning O‘zbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda test tizimini ishlab chiqish ustida ish boshlagan.

Ayni paytda markazning biotexnologlari tomonidan COVID-19 koronavirusini aniqlash bo‘yicha test tizimi ishlab chiqilgan. Test tizimi COVID-19 virusi genomining uch uchastkasining PSR usulidagi tahlilga asoslangan va bu o‘zbek olimlari tomonidan ishlab chiqilgan test sistemasining xususiyati bo‘lib, hozirgi kunda xizmatdagi mavjud bo‘lgan testlar faqat bir uchastka tahliliga asoslangan.

“Bizning to‘plamimiz JSST hamda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tavsiyalari asosida ishlab chiqildi. JSST tavsiyalariga ko‘ra, birinchi navbatda koronavirus testi asosiy sinov sifatida amalga oshiriladi va keyin uni tasdiqlash uchun COVID-19 genomining yana ikkita qismida test o‘tkazilishi kerak. Yakuniy bosqich aniqlangan shtammni tartiblashdan iborat, bu virusning mutatsiya darajasini aniqlash uchun muhimdir, chunki boshqa tez tarqaladigan viruslar tufayli COVID-19 virusi mutatsiyalarga uchraydi”, — deydi ishlab chiqaruvchilardan biri, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev.

Mahalliy test tizimini yaratish jarayonida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tomonidan Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan ijobiy test namunalari tezkor yetkazib berilgan.

“Keyingi bosqichda test tizimimizni ro‘yxatdan o‘tkazishimiz kerak va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin bo‘ladi. Bizning markazimiz diagnostika test tizimlarini ishlab chiqarish uchun maxsus uchastkasiga ega. U yerda bizning startapchilarimizdan biri — Biotestlab jamoasi ishlaydi. Startap yosh, lekin biz bunday ishlab chiqarishda tajribaga egamiz”, — deydi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Shahlo Turdiqulova.

Ma’lum qilinishicha, mazkur test tizimining afzalligi uning tezkorligidadir. Kasallikka tashxis qo‘yish uchun inson dimog‘idan namuna olinadi, negaki aynan unda katta qismda virus to‘planadi. So‘ngra virus RNKsi olinadi, DNK shakliga o‘tkaziladi va PSR tahlili amalga oshiriladi — butun jarayon taxminan 5—6 soat vaqtni oladi. Bu ekspress test emas, balki faqat maxsus laboratoriyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan to‘laqonli test bo‘ladi.

Mavzuga doir: JSST koronavirus pandemiyasining tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi

Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Xitoydan koronavirusga oid minglab testlar va mutaxassislar charter reys bilan olib kelinishini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 400 ming kishidan, qurbonlar soni esa 18 mingdan oshib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют