» » Xitoyda ilk bor xantavirus sababli vafot etish holati qayd etildi

Xitoyda ilk bor xantavirus sababli vafot etish holati qayd etildi


Xitoyda xantavirus oqibatida vafot etish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi, deb xabar beradi Global Times.

Yunnan provinsiyasida istiqomat qiluvchi fuqaro charter avtobus bilan qo‘shni provinsiyaga ketayotgan bo‘lgan. Fuqaro avtobusda to‘satdan vafot etgach, shifokorlar unga xantavirusli kardiopulmonal sindromi tashxisini qo‘ygan. Ushbu kasallik xantavirus nomi bilan mashhur virus oqibatida yuzaga keladi. Avtobusda bo‘lgan 32 nafar yo‘lovchi karantinga olingan. Hozirda xantavirus bilan kasallangan boshqa bemorlar haqida ma’lumot yo‘q.

Xantavirus odamdan odamga yuqmaydi. Uni sichqonlar tashiydi. Sichqon tekkan oziq-ovqat mahsulotlari va ayniqsa sichqon axlati xantavirus tashuvchisi hisoblanadi.

Mavzuga doir: Yerdagi eng xatarli to‘qqiz virus

Ma’lumot uchun, navaho qabilasi hindulari bu kasallikni avvaldan bilgan va uni aynan sichqon yuqtirishidan ham xabardor bo‘lgan. G‘arb tibbiyoti bu virusni aynan navaho hindulari xalq tabobati yordamida identifikatsiya qilgan. 1953-yildagi koreys urushi vaqtida ushbu virus 3 mingga yaqin askarda kuzatilgan va ulardan 12 foizining o‘limiga olib kelgan kasallik ham aynan xantavirus tufayli kelib chiqqani keyinchalik aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют