» » Sirdaryoda Cobalt va “Kamaz” to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda Cobalt va “Kamaz” to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi


Sirdaryoda Cobalt va “Kamaz” yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi. YHXBB xabariga ko‘ra, voqea 24-mart kuni soat 02:30 da Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida sodir bo‘lgan.

Haydovchi F.M. Cobalt avtomashinasini Toshkent—Termiz yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Sh.Q. boshqaruvidagi “Kamaz” yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

Oqibatda Cobalt yo‘lovchisi A.A. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB tergov guruhi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda 15 yoshli haydovchi “Kamaz”da avtobusni urib ketgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют