» » O‘zbekistonda kartoshkaning narxi nega oshib ketdi?

O‘zbekistonda kartoshkaning narxi nega oshib ketdi?


“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodirbek Rahbarov va uyushma tarkibidagi Intertrade Invest bosh direktori Abduhamid Karimov bu yil kartoshkaning nega tanqis bo‘lgani, uning bozordagi narxi oshib ketgani bo‘yicha berilgan savollarga javob berdi. Bu haqda, “Oila davrasida” gazetasiga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.

“Chindan ham, o‘tgan yili O‘zbekiston dalalaridan kutilganidan ancha kam kartoshka hosili yig‘ib olindi. Buni issiq ob-havo ta’siri tufayli kartoshkaga kasallik tekkani va sabzavotning zararlanishi bilan izohlash mumkin. Shu sababli O‘zbekistonda kartoshka mahsuloti tanqisligi ro‘y berdi”, — deya mas’ullarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda gazeta.

“Aholini bayramoldi va qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan barqaror narxlarda ta’minlash maqsadida uyushma tarkibidagi mavjud bazalar tomonidan O‘zbekistonga kartoshka olib kelish yuzasidan import shartnomalari imzolandi. Misol uchun, joriy yilning 31-martiga qadar 4 932 700 AQSh dollariga 14 ming 851 tonna kartoshka keltirildi”, — dedi mas’ullar.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют