» » Toshkentda ishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan qariyb 19 mln so‘m undirayotgan “mayor” qo‘lga olindi

Toshkentda ishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan qariyb 19 mln so‘m undirayotgan “mayor” qo‘lga olindi


O‘zini “Milliy gvardiya mayori” deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun va shu kabi boshqa masalalarda fuqarolardan pul undirayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda fuqarolar tomonidan Milliy gvardiyaga kelib tushgan murojaatlarning birida G. ismli ayol o‘zini mayor unvonidagi Milliy gvardiya xodimi, deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun va shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib, 15 million 800 ming so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni undirayotganligi ma’lum qilingan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida G. qo‘lga olinib, Toshkent shahar IIBBga topshirilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sergeli tumanida ro‘yxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.S. ekanligi aniqlangan.

Hozirda G.S.ga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Samarqandda fuqaroni o‘qishga kiritishni va’da qilib, 23 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют