» » Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni rekord darajada ko‘paydi

Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni rekord darajada ko‘paydi


Rossiyada bir kunda koronvirusga chalinganlar soni yangi rekord o‘rnatildi — so‘nggi sutka davomida kasallanish bo‘yicha 163 ta yangi holat qayd etildi. “RBK”ning xabar berishicha, ularning aksariyati — 120 tasi Moskvada aniqlangan.

Qolgan 43 ta holat Rossiyaning turli hududlarida qayd etilgan. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 658 kishiga yetgan, shulardan 28 nafari tuzalgan. Kasallanganlarning aksariyat qismi — 410 nafari Moskvada aniqlangan.

“Hozirgi kunda Rossiyada infeksiyaning bunday tez tarqalishi fuqarolarning Yevropa mamlakatlaridan olib kelinishi bilan bog‘liq. Chet eldan qaytib kelgandan keyin 14 kun davomida izolyatsiya qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligini eslatib o‘tamiz”, — deyiladi “Rospodrebnadzor” xabarida.

Bir kun avval Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 57 ta holat qayd etilgan. 25-martga kelib esa ular soni qariyb uch baravarga oshgan.

Avvalroq Moskvada koronavirusning yengil shakli bo‘lgan bemorlarga uyda davolanishga ruxsat berilgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют