» » Sergelida avtobus ishtirokidagi avariya oqibatida 9 yo‘lovchi jabrlandi

Sergelida avtobus ishtirokidagi avariya oqibatida 9 yo‘lovchi jabrlandi


Toshkentning Sergeli tumanida 12-aprel, chorshanba kuni 297-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Isuzu rusumli avtobus “Yangiyo‘l — ‘Farhod’ bozori” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtida 32 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida to‘qqiz yo‘lovchi jabrlangan, ularning bari 16-shahar kasalxonasiga yetkazilgan. Haydovchi jabrlanmagan.

Xabar berishlaricha, hozirda mazkur avariya yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют