» » SSV: Koronavirus aniqlangan bemorlar orasida O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan fuqarolar bor

SSV: Koronavirus aniqlangan bemorlar orasida O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan fuqarolar bor


Toshkent shahrida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida Toshkentdan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar bor. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qilgan.

Xabar berilishicha, 2 nafar bemor Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda, ulardan birida Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgach koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

“Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 55 nafarni tashkil etgani haqida, shuningdek, besh nafari sog‘aygani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют