» » Yangi Cadillac Escalada mobil ofisga aylantiriladi

Yangi Cadillac Escalada mobil ofisga aylantiriladi


Seriyali avtomobillarni hashamatli “kabinetlar”ga aylantirish bilan shug‘ullanuvchi Kaliforniyaning Lexani Motorcars firmasi yangi Cadillac Escalada bazasida yaratiladigan mobil ofisning ilk suratlarini taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.

Firmaning oldingi ishlariga qaraganda yo‘ltanlamasning uzunligi 6,4 metrga yetishi, narxi esa 250-450 ming dollar atrofida bo‘lishi mumkin.

Lexani uzun modifikatsiyali bazalar asosida limuzinlar yaratish bilan shug‘ullanadi. Cadillac Escalada ESV’ning navbatdagi avlodi rasman taqdim etilmagan, biroq mashina o‘lchamlari ma’lum: uzunligi, kengligi, balandligi va g‘ildiraklar asosi tegishli ravishda 5766, 2059, 1942 va 3407 millimetrni tashkil etadi. Yangi yo‘ltanlamas odatdagi versiyasidan 384 millimetrga uzun, g‘ildiraklar asosiga esa 105 millimetr qo‘shilgan.

Lexani tomonidan Escalada’ning oldingi bazasida taqdim etilgan mobil ofis odatdagidan 762 millimetrga uzun edi. Limuzin salonining orqa qismidan to‘rtta charm o‘rindiq, alohida sovutish tizimi va videoaloqa bloki o‘rin olgan. Bundan tashqari, 48-dyuymli televizor, magnit quvvatlagichli iPad Pro plansheti, Mac Mini kompyuteri, Sony Playstation4 o‘yin pristavkasi, shampan vinosi uchun muzlatkich, bokallarni o‘rnatgich va yulduzlar tasviri tushirilgan shift mavjud.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют