» » “Barselona” yozda 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

“Barselona” yozda 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi


“Barselona” futbol klubi yozgi transfer oynasida jamoa tarkibida katta o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” birdaniga sakkiz nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. Jamoani tark etishga asosiy nomzodlar yarim himoyachilar Ivan Rakitich va Arturo Vidal bo‘lib turibdi. Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shu bilan bir qatorda “Barselona” chililik futbolchini “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesga almashmoqchi.

Shuningdek, katalon klubi darvozabon Neto, himoyachilar Samyuel Umtiti va Ektor Firpo, yarim himoyachi Filippe Koutinyo va hujumchi Martin Breytueytni sotib yubormoqchi. Biroq jamoa hozircha Koutinyoga xaridor topa olgani yo‘q va uni yana ijaraga berib yuborishi mumkin.

“Barselona”ning yozdagi eng daromadli transferi Antuan Grizmann bo‘lishi mumkin. Fransiyalik futbolchi 2019-yilning yozida jamoa safiga kelib qo‘shilgandi, biroq “Barselona” rahbariyati u bilan xayrlashish niyatida.

Avvalroq “Barselona” PSJ hujumchisi Neymarni ortga qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar yangragandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют