» » O‘zbekistonda haydovchilar transportni boshqarayotganda niqob taqishi shartmi?

O‘zbekistonda haydovchilar transportni boshqarayotganda niqob taqishi shartmi?


25-mart, chorshanba kunidan O‘zbekistonda tibbiyot niqobisiz yurganlarni jarimaga tortish boshlandi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov navbatdagi brifing chog‘ida transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“Siz o‘z avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz bo‘lishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yo‘lovchi bo‘lmasa. Agar taksida yo‘lovchi bo‘lsa, haydovchi tibbiy niqobda bo‘lishi shart.

Agar mashinadagi yo‘lovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz bo‘lsa, aql bilan ish tutish kerak. Masalan, men hozir niqobdaman, chunki bu yerda odamlar ko‘p”, — deya izoh berdi u.

Jamoat joylarida esa doim odam bo‘lgani sababli tibbiy niqob taqish shartligi ta’kidlangan.

Avvalroq O‘zbekistonda karantinga olinganlar va uning qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilganlar soni ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют