» » Surxondaryoda fuqarolarning uyidan Qizil kitobga kiritilgan kamyob hayvonlar topildi

Surxondaryoda fuqarolarning uyidan Qizil kitobga kiritilgan kamyob hayvonlar topildi


Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB tomonidan ikki fuqaroning uyidan ikki bosh Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.

“Joyilma” mahallasida yashovchi fuqaroning o‘zi uyida Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi saqlanayotganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, tumanning “Xushchekka” mahallasida fuqaroning uyida saqlanayotgan bitta bo‘ri ko‘ngilli ravishda olingan.

Hayvonlarning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash maqsadida jonivorlar belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va Jahon Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi, deyilgan xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют