» » “O‘zbekneftgaz” Ai-92 narxi arzonlashishini tasdiqladi va neft mahsulotlari narxi bosqichma-bosqich arzonlashishini ma’lum qildi

“O‘zbekneftgaz” Ai-92 narxi arzonlashishini tasdiqladi va neft mahsulotlari narxi bosqichma-bosqich arzonlashishini ma’lum qildi


“O‘zbekneftgaz” AJ UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida 26-martdan boshlab Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga kamaytirilishini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, boshqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilg‘isining narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

“O‘zbekneftgaz” avvalo, iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan benzinning narxini pasaytirib boradi.

Narxlar masalasida shuni ta’kidlash kerakki, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel yoqilg‘isi narxidan 9 %, Ai-92 markali benzin narxidan esa 16,6 % ga arzon, deyiladi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga doir: 

Avval O‘zbekistonda Ai-80 dan boshqa barcha benzin narxlari pasayishi mumkinligi xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют